TIUEda “Kelajagingizni kitob bilan quring” nomli kitob yarmarkasi boʻlib oʻtdi

Tashkent International University of Educationda (TIUE) 30-may kuni “Kelajagingizni kitob bilan quring” nomli kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Bir necha kitob sotuvchi kompaniya vakillari universitet talabalari va professor-o‘qituvchilariga turli kitoblarni taqdim etdilar. Tadbir doirasida yozuvchi Safar Olloyor o‘zining yangi kitobini taqdim etdi.

“Kelajagingizni kitob bilan quring” kitob yarmarkasi universitet jamoatchiligi uchun bilimlarini oshirish va o‘z dunyoqarashini kengaytirish uchun muhim maydonga aylandi.

Turli kitob sotuvchi kompaniyalar tadbir doirasida tirli janr va mavzularga oid kitoblarni taqdim etdilar.

Yarmarkada o‘zbek yozuvchisi Safar Olloyer ishtirok etdi. U o’zining so’nggi kitobini taqdim etdi hamda hayoti va ijodi haqida gapirib berdi.

“Kelajagingizni kitob bilan quring” kitob ko‘rgazmasi TIUE talabalari va professor-o‘qituvchilari hayotida kitobxonlik va bilim olishning ahamiyatini aks ettiradi.