Notice: Trying to access array offset on value of type null in /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-content/mu-plugins/index.txt on line 1 Call Stack: 0.0000 360984 1. {main}() /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/index.php:0 0.3263 363952 2. require('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-blog-header.php') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/index.php:19 0.3263 364336 3. require_once('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-load.php') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-blog-header.php:13 0.3263 364400 4. require_once('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-config.php') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-load.php:50 0.3263 365808 5. require_once('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-settings.php') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-config.php:83 0.3976 11629456 6. include_once('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-content/mu-plugins/index.php') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-settings.php:442 0.3976 11630472 7. include('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-content/mu-plugins/index.txt') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-content/mu-plugins/index.php:1 TIUEda “Cybersecurity Day” targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi - Tashkent International University of Education

TIUEda “Cybersecurity Day” targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

Tashkent International University of Educationda (TIUE) talaba-yoshlarni kibertahdidlardan himoyalash va ular oʻrtasida ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish boʻyicha “Cybersecurity Day” targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Yashnobod tumani ichki ishlar boʻlimi masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Internet tarmogʻida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq talaba-yoshlarni kibertahdidlardan himoyalash va ular oʻrtasida ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, plastik kartalar bilan muomala qilishni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish boʻyicha ogohlantirish va profilaktika ishlari olib borildi. Xususan talabalar shaxsiy plastik kartalari haqidagi maʼlumotlarni begonalarga taqdim etmaslik va turli xil firibgarliklarga tushib qolmaslik boʻyicha tavsiyalar oldilar.

Shu bilan birga, IIBB masʼul xodimlari talabalarga bugungi kunda mamlakatimizda kiberjinoyatlarni keng tarqalgan turlari (virusli hujumlar, shaxsiy maʼlumotlarni oshkor etish, kibertovlamachilik, kiberfiribgarlik, kiberoʻgʻrilik va boshqa.), ularning yuz berishiga sabab boʻlayotgan omillar, mazkur turdagi qonunbuzarliklardan jabr koʻrmaslik uchun amal qilinishi lozim boʻlgan xavfsizlik choralarini koʻrish boʻyicha batafsil tushuntirib berildi. Talabalarga xavfsizlik boʻyicha boshqa tavsiyalar ham berildi.