2023-yilning 22-mart kuni poytaxtimizda Tashkent International University of Education va Vayoming universiteti (University of Wyoming, AQSh) vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Tomonlar Oʻzbekiston va AQSh oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik masalalarini koʻrib chiqdilar. Xususan, mehmonlar bugungi kunda Oʻzbekistonda oliy taʼlimni rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli saʼy-harakatlarni yuqori baholadilar.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar talabalar va oʻqituvchilar almashinuvi, taʼlim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va dual taʼlim tizimi boʻyicha hamkorlik aloqalarini oʻrnatish uchun memorandum imzolash masalalarini muhokama qilish uchun Vayoming universitetiga tashrif buyurishga kelishib oldilar.