Yuqori salohiyatli, bilimli, izlanuvchan va iqtidorli yoshlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish – «Tashkent International University of Education» xalqaro universitetining ustuvor maqsadlaridan biridir. Bunda ularning nafaqat akademik yutuqlari, balki ijtimoiy faolligi, ilmiy-innovatsion izlanishlardagi ishtiroki, yetakchilik salohiyati va tashabbuskorlik qobiliyatlari ham muhim mezon sifatida e’tiborga olinadi.
Universitet tomonidan joriy yilda ham iqtidorli yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish, ularning ilm-fanni o‘zlashtirishga bo‘lgan rag‘batini oshirish, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida “TIUE ta’lim” granti ta’sis etildi.
Bizning universitetda o‘qish nafaqat bilim olish, balki shaxsiy va professional rivojlanish uchun ham keng maydon yaratadi. “TIUE ta’lim” granti orqali yoshlar o‘z orzulariga yaqinlashib, kelajakdagi muvaffaqiyatlarga mustahkam poydevor qo‘yishlariga ishonamiz.
“TIUE ta’lim” granti haqidagi Nizom batafsil bu yerda.
Asosiy savollarga javoblar
❓ “TIUE ta’lim” granti nima?
🔹 Javob: Bu Toshkent Xalqaro Ta’lim Universitetida (TIUE) tanlangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4 yil bepul o‘qish imkoniyatidir.
❓ Qaysi yo‘nalishlarga grant ajratilgan?
🔹 Javob:
Axborot texnologiyalari — 5 ta grant o‘rni
Kiberxavfsizlik — 5 ta grant o‘rni
❓ Kimlar grant tanlovida qatnashishi mumkin?
🔹 Javob: O‘zbek tilida kunduzgi ta’lim shakliga hujjat topshirgan abituriyentlar.
❓ Qanday qilib ishtirok etish mumkin?
🔹 Javob:
tiue_talimgranti_botorqali saralash imtihoniga ariza qoldiring
Belgilangan kunda imtihonda ishtirok eting
❓ Imtihon qachon bo‘ladi?
🔹 Javob: 2025-yil 20-avgust kuni
❓ Qanday fanlardan test bo‘ladi?
🔹 Javob:
Matematika — 34 balgacha
Informatika — 34 balgacha
Ingliz tili — 32 balgacha
Jami: 100 ball
❓ Grant yutgan talabalar o‘qishni tugatgach ishlab berishlari kerakmi?
🔹 Javob: Yo‘q, grant asosida tahsil olganingizdan keyin yo‘nalish bo‘yicha ishlash majburiyati mavjud emas — siz o‘zingizga mos keladigan istalgan soha yoki lavozimni tanlashingiz mumkin.
🎓 Shu bilan birga, TIUE universiteti bitiruvchilarga O‘zbekistonning yetakchi IT-kompaniyalarida ishga joylashishda faol yordam berishni kafolatlaydi.
“TIUE ta’lim” granti imtihonlarida ishtirok etish uchun tiue_talimgranti_bot orqali ariza topshiring va kelajak sari birinchi qadamni “TIUE ta’lim” granti bilan boshlang!
TIUE xalqaro universiteti yoshlar salohiyatiga ishonadi hamda ularning yutuqlari orqali jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilib, barqaror kelajak poydevorini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shadi.
✨ Bepul o‘qish imkoniyatini boy bermang — bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va ariza qoldiring!
Bizning manzilimiz: Toshkent, Yashnobod tumani
Imom Buxoriy ko’chasi, Tuzel-2 massivi
🌐 Veb-sayt: tiue.uz
📞 Call-markaz (24/7): +998555122020 / +998995602020