Tashkent International University of Education (TIUE) rektori Nosir Xoʻjayev “Toshkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumida ishtirok etdi.
“Toshkent Law Spring” – Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri. Forum Oʻzbekiston Adliya vazirligi tomonidan ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.
Tashkilotchilarning taʼkidlashicha,bu yilgi forumning asosiy mavzusi — “Fundamental huquqlar – abadiy qadriyatlar”. “Tashkent Law Spring” xalqaro, xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan fundamental huquqlar prizmasi orqali zamonaviy huquqiy tendensiyalarni muhokama qilish uchun ochiq platforma vazifasini bajaradi.
TIUE rektori Nosir Xodjaev “Huquqiy sohada raqamli texnologiyalar” sessiyasida ishtirok etdi va “Raqamlashtirish va oliy taʼlim talabalarining huquqiy kompetensiyasini takomillashtirish” mavzusida taqdimot qildi.
“Zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda barcha yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtlari talabalarining huquqiy savodxonligini oshirish ularni nafaqat tanlagan yoʻnalishi boʻyicha muvaffaqiyatli ishga tayyorlaydi, balki tanqidiy fikrlash, muammolarni hal etish va jamoada ishlash koʻnikmalarini rivojlantiradi,” – dedi universitet rahbari.
“Raqamlashtirish va axborot jamiyati davrida kasbiy sohadan qatʼi nazar, har bir inson uchun huquqiy tamoyillar va koʻnikmalarni tushunish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda”, — deya qoʻshimcha qildi Nosir Xoʻjayev.
Raqamli texnologiyalar taʼlim jarayonini boyitish va huquqiy axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun noyob imkoniyatlar yaratishini taʼkidladi rektor.
TIUE rektori oʻquv jarayonida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan texnologiyalar – virtual va toʻldirilgan reallik, elektron resurslar va platformalar, sunʼiy intellekt haqida ham gapirib oʻtdi.