Tashkent International University of Education (TIUE)ning “Taʼlim va taʼlim jarayonlarini boshqarish” kafedrasi oʻqituvchisi Rauf Bekbayev “Rene Genonning tarix falsafasi” nomli monografiyani nashr qildi. Bu TIUEda ilk chop etilgan monografiyadir.
Mazkur monografiya Rauf Bekbayevning falsafa tarixi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya doirasida bajarilgan va ushbu mavzuga bagʻishlangan ilk ilmiy ishlardan biridir.
Xususan, monografiyada 20 asr fransuz faylasufi Rene Genonning hayot va ijodi koʻrib chiqilgan hamda falsafiy komparativistika va madaniyatlararo falsafaning shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari ochib berilgan.
Rauf Bekbayev TIUE universitetida 2021 yildan beri oʻqituvchi sifatida faoliyat olib bormoqda. U “Taʼlim va taʼlim jarayonlarini boshqarish” va “Biznes boshqaruv” yoʻnalishlarida turli modullar boʻyicha dars beradi hamda falsafa tarixi va taʼlim falsafasi sohalarida tadqiqotlar olib boradi. Shuningdek, Rauf Bekbayev 50 tadan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan Scopus va Web of Science bazalardagi jurnallarda nashr qilingan ilmiy maqolalarning muallifi hisoblanadi.
TIUE jamoasi Rauf Bekbayevni ushbu muhim yutugʻi bilan tabriklaydi va unga ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.