Tashkent International University of Education 2023-2024 oʻquv yili uchun qabul jarayoni boshlandi

Tashkent International University of Education (TIUE) joriy yilning 17-aprel kunidan boshlab 2023-2024 oʻquv yili uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi.

Qabul kampaniyasi 2023-yilning 31-avgust kuniga qadar davom etadi. Abituriyentlar hujjatlarni toʻliq onlayn topshirishlari mumkin.

Abituriyentlar quyidagi fakultetlardan birini tanlashlari mumkin:

  • Axborot texnologiyalari (kunduzgi va sirtqi)
  • Biznes boshqaruvi (kunduzgi va sirtqi)
  • Taʼlim va taʼlim jarayonlarini boshqarish (kunduzgi)
  • International Foundation Program (kunduzgi)

Taʼlim tillari – oʻzbek, ingliz va rus tillari. Taʼlim shakllari – kunduzgi (oʻqish muddati – 3 yil) va sirtqi (oʻqish muddati – 4 yil). Taʼlim narxi dasturiga tiliga qarab yiliga 18 million soʻmdan 25 million soʻmgacha.

Abituriyentlar 2023-2024 oʻquv yili uchun qabul qoidalari bilan https://www.tiue.uzhavolasi orqali tanishishlari mumkin.

Qabul imtihonlari 2023-yilning may oyidan sentyabrigacha har oy oʻtkaziladi. Imtihonlar oʻqitish tiliga qarab matematika va oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida oʻtkaziladi.

Ariza topshirishda abituriyentlar quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini apply.tiue.uzsaytiga yuklashlari kerak:

– pasport yoki ID-karta;

– 11-sinf shahodatnomasi yoki litsey/kollej diplomi (ilova bilan)

– fotosurat 3×4

– ingliz tilidagi dasturlar uchun IELTS sertifikati (kamida 5 ball) yoki ekvivalenti.

Batafsil maʼlumotni universitetning rasmiy sayti https://www.tiue.uzdan olishingiz mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun TIUE qabul komissiyasiga yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qiling:

Manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Tuzel-2 massivi, Imom Buxoriy koʻchasi

Email: info@tiue.uz

Tel: (+998) 55 512 2020

“3-Bekat” metro bekatidan piyoda 15 daqiqalik yoʻl, 255-maktab orqasida joylashgan.

Avtobuslar: No. 30, 44, 95, 106, 110, 148.

Mikroavtobuslar: No. 47, 91, 106, 111, 369.

Metro: “3-Bekat” metro stansiyasi

Lokatsiya: https://tiue.uz/page/kak-nas-naiti

Facebook: https://www.facebook.com/tiueuz

Instagram: https://www.instagram.com/tiue_uz/

Telegram: https://t.me/tiue_uz

Youtube: https://www.youtube.com/TIUEuz