BAKALAVRIAT

TA'LIM BOSHQARUVI VA YETAKCHILIK (MSC)

DASTURNING MALAKAVIY MAQSADLARI

TIUEning «Ta’lim boshqaruvi va yetakchilik» magistratura dasturi ta’lim muassasasi malakali boshqaruvchisi hamda ilmiy tadqiqotchi sifatida o‘z kelajagini ta’lim sohasi bilan bog‘lashni istaganlar uchun mo‘ljallangan.

Mazkur dastur bo‘yicha kadrlar tayyorlashdan maqsad ta’limni boshqarish va yetakchilik sohasida nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish, ta’lim sohasida boshqaruv va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishga qodir bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

“Ta’limni boshqarish va yetakchilik” magistratura yo‘nalishining o‘quv-uslubiy va ilmiy mazmuni ta’limda menejment va yetakchilik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan turli modullarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim tili: ENGLISH
O‘qish kunlari:Kunduzgi ta’lim dushanbadan shanbagacha
O‘qishni tugatgandan so‘ng “Ta’lim boshqaruvi va yetakchilik” (Education Management and Leadership) mutaxassisligi bo‘yicha: Magistr diplomi beriladi (TIUE). Ta’limni OTHM talablari asosida muvaffaqtiyatli o’tagan talabalarga qo’shimcha OTHM Level 7 Diploma in Education Management and Leadership (603/5882/8) ga ega bo’lish imkoniyati mavjud.

Magistr darajasini olish sharti: umumiy hajmi 180 kredit (Buyuk Britaniya Kredit tizimi) bo‘lgan 6 ta majburiy modular (fanlar)ni o’zlashtirish kerak.
 
O‘qish muddati:
 
1,5 o‘quv yili (3 ta semestrdan iborat).
Mashg‘ulotlar kun davomida ma’ruza, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, master-klasslar va ishlab chiqarish amaliyoti tarzida olib boriladi. Ilmi rahbar boshchiliga lmiy pedagogik ish va Dissertatsiya tayyorlanadi.

ZAMONAVIY IMKONIYATLAR OLAMIGA ESHIKLARNI OCHING!

USHBU DASTURNI TANLANISH SABABLARI

1NAZARIY BILIMLAR VA AMALIY KO‘NIKMALAR

Ushbu dastur orqali TIUE taʼlim muassasasini samarali boshqarish jarayonini amalga oshirish, zamonaviy taʼlim talablarini hisobga olgan holda xodimlarning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan taʼlim strategiyalarini ishlab chiqishda foydalaniladigan nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga intiladi.

Shuningdek, ushbu dastur ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar hamda mazkur sohada yuqori malakali oʻqituvchi-tadqiqotchi boʻlishga intilayotganlar uchun mos keladi.

2KUCHLI O‘QITUVCHILAR JAMOASI

Mahalliy va xalqaro mutaxassislardan iborat bo‘lgan kuchli professor-o‘qituvchilar tarkibi amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar, sayohatlar, mahorat darslariga alohida e’tibor qaratishadi, bu esa o‘z navbatida ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari o‘rtasida jadal hamkorlikni va ta’lim sohasidagi amaliyotchi ekspertlar va mutaxassislarning beqiyos tajriba almashinuvini ta’minlaydi

3TAN OLINGAN OLIY TA’LIM TO‘G‘RISIDA DIPLOM

Magistratura bosqichini tamomlagandan so‘ng bitiruvchilar tegishli kasbiy pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lib, ikki tomonlama diplomning mavjudligi (faqat ingliz tilida ta’lim oluvchilar uchun) ularga kelajakdagi faoliyatida raqobatdosh ustunlik beradi va dunyoning istalgan davlatida o‘qishni davom ettirish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasiga muvofiq, litsenziyaga ega nodavlat oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan diplom (https://lex.uz/ru/docs/5013009, https://tiue.uz/ru, https://stat.edu.uz/Univer-list.php
8-bandi) O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat oliy ta’lim muassasalari diplomi bilan teng ravishda tan olinadi.

Ta’limni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, talabalar «Ta’lim boshqaruvi va yetakchilik» sohasida TIUEning magistr diplomi va OTHM darajasidagi diplomlarga (faqat ingliz tilida ta’lim oluvchilar uchun) ega bo‘ladilar.

4OTHM

Ushbu malaka Ofqual (Malakalar va imtihonlarni tartibga solish boshqarmasi) tomonidan ma’qullangan va tartibga solinadi.

5KELAJAKDAGI KARYERA

Zamonaviy ta’limda malakali boshqaruv kadrlariga katta ehtiyoj sezilmoqda, chunki moslashuvchan va samarali boshqaruv jarayonini ta’minlash ta’lim sifatining muhim asosi hisoblanadi. Va bu erda mutaxassislardan nafaqat boshqaruv, balki yetakchilik qobiliyati, shuningdek, ilmiy yondashuv ham talab etiladi. Dastur bitiruvchilari davlat hamda nodavlat ta’lim sohalarida kasbiy faoliyat uchun zarur bilimlarga ega bo‘ladilar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida pedagogik yoki ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari hamda tegishli doktoranturada o‘qishni davom ettirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Ishga joylashish mumkin bo‘lgan mutaxassisliklar:

  • Ta’lim tashkiloti boshqaruvchisi;
  • Ta’lim dasturlari va loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis;
  • Ta’lim siyosati sohasida ekspert;
  • Ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotchi.

Bekbaev Rauf Rustamovich ,
kafedra mudiri
«Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish»
Falsafa doktori (PhD) darajasi –
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, 2023 yil

TA'LIM BOSQICHLARI

1-KURS (1- 2- SEMESTR)

Ta’lim boshqaruvi sohasida ta’limning zamonaviy muammolari, ta’limda o‘zgarishlarni boshqarish hamda samarali madaniyatlararo muloqot va istiqbollar kabi moddularni o‘rganish asosida fundamental bilimlarni egallash.

2-KURS (3- SEMESTR)

Ta’limda pedagogika va amaliyot, ta’limda yetakchilik va reflektiv amaliyot, ta’limda tadqiqot usullari bo‘yicha modullar orqali nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish. Ta’lim magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish bilan yakunlanadi.

O'QUV REJA

Kunduzgi ta'lim

MAGISTRATURA
1-SEMESTR
1) Ta’limning zamonaviy muammolari: nazariya, siyosat va amaliyot (20-kredit)

2) Ta’limda o’zgarishlarni boshqarish (20-kredit)
3) Samarali madaniyatlararo muloqot va istiqbolni boshqarish (20-kredit)
2-SEMESTR
4) Ta’limda pedagogika va amaliyot (20-kredit)

5) Ta’limda yetakchi refletkiv amaliyot (20-kredit)
6) Ilmiy-pedagogik ish (20-kredit)
3-SEMESTR
1) Ta’limda tadqiqot usullari (20-kredit)
2) Ilmiy-pedagogik ish (20-kredit)
3) Magistrlik dissertatsiyasi (20-kredit)

Eslatma.
Barcha kreditlar Buyuk Britaniya ta’lim tizimiga asoslangan. O’qitish tiliga qarab, O’quv rejasida ozgina farqlar bo’lishi mumkin. Shu bilan birga, Universitet O’quv rejasiga ba’zi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish huquqiga ega.

PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TARKIBI Batafsil ma’lumot ›

PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TARKIBI Batafsil ma’lumot ›

Bekbaev Rauf Rustamovich ,
«Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» kafedrasi mudiri
Falsafa doktori (PhD) darajasi –
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, 2023 y

Saidova Kamola Uskanboevna ,
«Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish»  kafedrasi professori
Fan doktori (DSc) – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, 2022 y

Mamajonova Shaxzodaxon Yokubjon qizi ,
«Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish»kafedrasi o‘qituvchisi
Psixologiya magistri – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, 2022 

Davydova Rufina Arturovna ,
«Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish»  kafedrasi o‘qituvchisi
Falsafa magistri – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, 2023 y

O'QISH UCHUN TO'LOV

O'quv yili uchun

 

 


Dasturlar

 

 


Ta’lim shakli 

 

 

O‘qish davomiyligi (o‘quv yili)

To’lov-kontrakt miqdori
O‘ZBEK VA RUS TILIDAGI DASTURLAR INGLIZ TILIDAGI DASTURLAR
Mahalliy
talabalar uchun
(ming so’m)
Xorijlik talabalar uchun
(USD)
Mahalliy
talabalar uchun
(ming so‘m)
Xorijlik talabalar uchun
(USD)
Ta’lim boshqaruvi va yetakchilik (MSc) Kunduzgi 1,5 X X 25 000 2 000

*) O‘zbekistonda chet ellik talabalar o‘qish uchun to‘lovni to‘lash kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha AQSh dollarida to‘laydilar. O‘zbekistondan tashqarida to‘lov AQSh dollarida ko‘rsatilgan miqdorda amalga oshiriladi.

QABUL TALABLARI

O'qishning birinchi yiliga qabul

Kerakli hujjatlar:

  • Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
  • Oq fonda 3×4 o’lchamdagi fotosurat

Akademik talablar:

Ichki imtihondan muvaffaqiyatli o’tish:

matematika;

tanlangan ta’lim tili bo‘yicha tilni bilish (o‘zbek yoki rus yoki ingliz yoki IELTS 5.0 sertifikati va undan yuqori YOKI ekvivalenti) ichki imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tish.

TIUE dasturlarida oʻqish uchun barcha abituriyentlar FAQAT UNIVERSITET RASMIY VEBETI ORQALI ( www.tiue.uz ) ONLAYN ARIJAJAT TOSHTIRISHlari shart.

Filologiya madaniyat, muloqot va til imkoniyatlari olamiga eshikdir! Filologiya va tillarni o‘rgatish dasturimizga qo‘shiling va zamonaviy dunyoda talab qilinadigan ko‘nikmalarga ega bo‘ling. Tillar, madaniyatlar va aloqalar ustasiga aylaning va yangi ufqlarni kashf eting. Hoziroq murojaat qiling va tilshunoslik va til taʼlimi sohasida muvaffaqiyat sari yoʻlingizni boshlang!