2026-2027-O‘QUV YILI BAKALAVRIAT DASTURLARIGA
QABUL BO‘YICHA UMUMIY QO‘LLANMA
«Tashkent International University of Education» xalqaro universiteti ta’lim inson hayotini o‘zgartirish qudratiga ega, deb ishonadi. Universitetimiz barcha faoliyatimizda asos bo‘lib xizmat qiladigan mustahkam qadriyatlar poydevoriga qurilgan.
Sizni TIUE’ni o‘ziga xos va ilhomlantiruvchi ta’lim muhitiga aylantiradigan qadriyatlar bilan yaqindan tanishishga taklif etamiz. Bu yerda har bir talaba o‘z individualligini namoyon qilishi va yetakchilik salohiyatini rivojlantirishi mumkin.
«Tashkent International University of Education» xalqaro universiteti faoliyatiga oid huquqiy ma’lumot va hujjatlarning ochiqligi hamda tushunarliligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi. «Yuridik hujjatlar» sahifasida siz universitet hayotining turli yo‘nalishlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar, nizomlar, litsenziyalar va ruxsatnomalar bilan tanishishingiz mumkin.
1. Abituriyentlarga qo‘yiladigan talablar
1.1. O‘zbek va rus tillaridagi dasturlar, shuningdek “International Foundation Programme” (IFP) dasturi asosida ingliz tilidagi dasturlarga:
a) barcha abituriyentlar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari yoki akademik litsey bitiruvchilari bo‘lishi lozim hamda belgilangan namunadagi hujjatni (ta’lim muassasasidan ma’lumotnoma) yoki diplomni (transkript bilan) taqdim etishlari shart;
b) abituriyentlar 2026-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra kamida o‘n olti (16) yoshga to‘lgan bo‘lishlari kerak;
1.2. Ingliz tilidagi dasturlarga:
a) barcha abituriyentlar IFP dasturi bitiruvchilari bo‘lishi yoki tan olingan o‘rta maxsus (12 yillik) ta’lim muassasasi yoki boshqa ta’lim tashkilotini tamomlagan, shuningdek boshqa oliy ta’lim muassasasida kamida bir yil muvaffaqiyatli tahsil olgan bo‘lishi hamda belgilangan namunadagi hujjatni (ta’lim muassasasidan ma’lumotnoma) yoki diplomni (transkript bilan) taqdim etishlari lozim. Zarurat tug‘ilganda, universitet abituriyentlardan ta’lim muassasasining akkreditatsiya guvohnomasini taqdim etishni talab qilishi mumkin;
b) bakalavriat yoki magistratura bitiruvchilari o‘zlarining oliy ma’lumotini tasdiqlovchi tegishli diplomni taqdim etishlari shart.
v) barcha abituriyentlar 2026-yil 31-dekabrga qadar kamida o‘n olti (16) yoshga to‘lgan bo‘lishlari kerak.
2.1. O’ZBEK VA RUS TILIDA, shuningdek, INGLIZ TILIDA “ International Foundation Programme ” (IFP) bo’yicha:
a) o‘rta yoki o‘rta maxsus ta’limni tasdiqlovchi hujjat (attestat yoki diplom, ilovasi bilan);
b) pasport yoki ID-kartaning nusxasi;
v) IFP dasturi uchun — ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi “IELTS” sertifikati (kamida 5.0) yoki unga tenglashtirilgan boshqa sertifikat (hujjat topshirish vaqtida amal qilishi lozim*).
2.2. TA’LIM INGLIZ tilidagi dasturlar bo’yicha:
a) 12 yillik (9+3) ta’limni tasdiqlovchi hujjat (sertifikat yoki diplom, ilovasi bilan) YOKI “International Foundation Programme” (IFP) sertifikati YOKI mahalliy yoki xorijiy oliy ta’lim muassasasining birinchi kursini tamomlaganlikni tasdiqlovchi hujjat;
b) pasport yoki ID-kartaning nusxasi;
v) ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi “IELTS” sertifikati (kamida 5.5) yoki unga tenglashtirilgan boshqa sertifikat (hujjat topshirish vaqtida amal qilishi lozim*).
Izoh: Agar abituriyentda ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat mavjud bo‘lmasa, unga TIUE ichki ingliz tili imtihonini topshirish imkoniyati beriladi.
3.1. O‘qishga kirish uchun arizalar universitetning rasmiy veb-sayti (www.tiue.uz) orqali faqat “onlayn ariza” shaklida qabul qilinadi.
3.2. Shu bilan birga, abituriyentlar universitet hududida ham onlayn arizani to‘ldirish imkoniyatiga ega.
3.3. Abituriyentlar o‘z shaxsiy ma’lumotlarini to‘g‘ri kiritishlari va zarur elektron hujjatlarni universitetning qabul tizimiga yuklashlari shart. Bunda ariza beruvchi taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga kafolat beradi.
3.4. Onlayn ariza topshirilgandan so‘ng, nomzodlarga ariza muvaffaqiyatli yuborilgani haqida tasdiqlovchi xabar hamda keyingi bosqichlar bo‘yicha ko‘rsatmalar yuboriladi.
3.5. TIUE bakalavriatiga 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul 2026-yil 1-fevraldan boshlanadi va 2026-yil 31-avgustga qadar davom etadi.
4.1. Abituriyentlar ta’lim dasturlariga onlayn ariza topshirib bo‘lgach, o‘qitish tilidan va matematika fanidan TIUE kirish imtihonlarini topshirishlari lozim.
4.2. Agar abituriyentda ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat mavjud bo‘lsa, u ingliz tili bo‘yicha kirish imtihonidan ozod etiladi.
4.3. Kirish imtihonlari o‘qitish tili va matematika fanlari bo‘yicha testlar yoki boshqa turdagi topshiriqlardan iborat bo‘ladi.
4.4. Kirish imtihonlari manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Tuzel-2 massivi, Imom Buxoriy ko‘chasi.
4.5. Kirish imtihonlari vaqti:
Dushanbadan jumagacha (har kuni)
— 1-sessiya: 10:00 dan 12:30 gacha
— 2-sessiya: 15:00 dan 17:30 gacha
4.6. Kirish imtihonlari bepul.
4.7. Imtihon topshirilgandan so‘ng 3 (uch) ish kuni ichida abituriyentga natijalar haqida xabar yuboriladi. TIUE talablariga javob bergan abituriyentlar universitet qabul komissiyasidan o‘qish uchun shartnoma oladilar.