Joriy yilning 3 aprel kuni Tashkent International University of Education universitetiga “MISiS” Milliy tadqiqot texnologik universiteti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Oleg Naumenko keldi..
Oleg Naumenko “MISiS” MTTUning Ijtimoiy fanlar va texnologiyalar kafedrasi dotsenti, bilish nazariyasi hamda falsafa va fan metodologiyasi boʻyicha mutaxassis. U 150 dan ortiq ilmiy ishlar, oʻquv va metodik qoʻllanmalar muallifi, MDH mamlakatlari, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va Gretsiya kabi davlatlarda ilmiy-amaliy konferensiyalarning ishtirokchisi.
Dotsent Oleg Naumenko “MISiS” MTTUda “Falsafa asoslari”, “Falsafa tarixi”, “Bilish nazariyalari”, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” va “Texnika va muhandislikning falsafiy masalalari” kabi fanlarda dars beradi.
3 apreldan 9 aprelgacha rossiyalik mutaxassis universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari uchun turli mavzularda dars mashgʻulotlarini olib boradi.
“MISiS” MTTU dunyoning yetakchi universitetlaridan biri. QS World University Rankings top-1000 reytingida 467-oʻrinni egallaydi. Shu bilan birga mazkur universitet muhandislik va texnologiyalar (248-oʻrin) hamda fizika va astronomiya (201-oʻrin) yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi oʻrinni egallaydi.