Huawei TIUE talabalarini “Seeds for the Future 2024” dasturiga taklif qiladi!🌏

Huawei TIUE talabalarini “Seeds for the Future 2024” dasturiga taklif qiladi!🌏

📌 Huawei korporatsiyasi TIUE yuqori kurs talabalaridan “Seeds for the Future 2024” dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinishini e’lon qiladi.

☝️2022-yilda TIUE universiteti talabalari Tursunov Samandar va Kosimov Xojiakbar ushbu dasturda qatnashganlar, 2023-yilda esa Kamila Nazarova gʻolib boʻlib Dubay va Qatarga yoʻl oldi.

Dastur allaqachon 140 mamlakatdan 18 000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan. Bu yil Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodan, jumladan O‘zbekistondan 150 nafar talaba bir haftalik amaliyot o‘taydi.

Dastur ishtirokchilari quyidagilarni amalga oshirishlari mumkin:

✔️ Ilg’or Huawei texnologiyalarini o’rganish
✔️ AKT sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirokidagi tadbirlarda ishtirok etish
✔️ Madaniyatlararo almashinuvga kirishish
✔️ Tech4Good tanlovida ishtirok etish

Tanlov mezonlari va dastur haqida batafsil ma’lumot quyidagi havolada mavjud: MA’LUMOT 

✨Iqtidorli talabalarning global tarmog‘ining bir qismi bo‘lish va AKT sohasida qimmatli tajriba orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!