Buxoro viloyatidan bir guruh maktab oʻquvchilari TIUEga tashrif buyurdi

29-mart kuni Buxoro viloyatining umumtaʼlim maktablarida tahsil oladigan bir guruh oʻquvchilar Tashkent International University of Educationga (TIUE) tashrif buyurdi.

Guruh tarkibida Buxoro viloyatining turli tumanlaridan 50 nafardan ortiq maktab oʻquvchilari va 5 nafar oʻqituvchilar bor edi.

Mehmonlarni TIUE Talabalarga xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi Adib Djabborov, universitet xodimlari va talabalari qutlashdi.

Tashrif doirasida buxorolik mehmonlar TIUEda talaba va oʻqituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Adib Jabborov va Talabalar kengashi rahbari Umid Ravshanov mehmonlarga universitet faoliyati, oʻquv dasturlari va universitetga qabul qilish shartlari haqida soʻzlab berdilar. Shuningdek, ular oʻquvchilar va oʻqituvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.