BITIRUVCHILARGA ESLATMA ‼️

BITIRUVCHILARGA ESLATMA ‼️

Assalomu Alaykum, Hurmatli bitiruvchilar!

Joriy yilning 19-oktabr kuni “Tashkent International University of Education” Universiteti tomonidan universitetning bakalavr dasturi bitiruvchilar uchun “Bitiruv marosimi-2024” bo’lib o’tishi belgilangan.

Tadbir yuqori kayfiyatda o’tish maqsadida Universitet bitiruvchi talabalarga quyidagilarni eslatib o’tadi:

To’lovchi va/yoki Talaba ta’lim xizmatlari ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaning 2.5.1. bandiga muvofiq “shartnoma shartlariga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ta’lim xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash” majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Universitet so’nggi bor barcha qarzdor bitiruvchi talabalardan qarzdorliklarini 2024-yilning 16-oktabr kuniga qadar to’liq bartaraf etishlarini so’rab qoladi. Aks holda, qarzdorlikni so’ndirgunga qadar bakalavr diplomi taqdim etilmaydi, bakalavr dasturida tahsil olganligi to’g’risida sertifikat taqdim etiladi,

Hurmat bilan, TIUE rahbariyati!