📆 2024-yil 26-dekabrda Tashkent International University of Educationda informatika o’qituvchilari uchun malaka oshirish kursi o’z yakuniga yetdi. Ushbu kurs Beeline Uzbekistan va Xalq Ta’limi Bosh Boshqarmasi ko’magida tashkillashtirildi.
5-dekabrdan 26-dekabrgacha bo’lib o’tgan dastur quyidagi asosiy mavzularni qamrab oldi:
🔹 O’quv materiallarini yaratishda neyron tarmoqlar va sun’iy intellektdan foydalanish.
🔹 Kibergigiena asoslari va ma’lumotlarni himoya qilish.
🔹 Ta’limda zamonaviy raqamli texnologiyalar.
Ushbu kurs pedagoglarning professional ko’nikmalarini rivojlantirishga muhim hissa qo’shdi. Sizning mehnatingiz va ishtiyoqingiz uchun rahmat, barcha qatnashchilarni kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlari bilan tabriklaymiz!