🎓 Joriy yilning 30 noyabr kuni «Tashkent International University of Education» xalqaro universitetida Singapur ta’lim tizimiga bag’ishlangan seminar-trening bo’lib o’tdi.
📚 Seminar-treningda «Pedagogika tarixi va nazariyasi» va «Ta’lim muassasalarining boshqaruvi» mutaxassisliklari magistrantlari ishtirok etishdi.
📘 Shu bilan birga seminar-trening jarayonida, muhokama va amaliy vazifalarda universitet o’qituvchilari ham ishtirok etishdi.
🌟Seminarning xususiyatlari shundan iboratki, Singapur ta’lim modelining o’ziga xosligi interfaol bahs-munozaralar asosisa ochib berilgan, zamonaviy yondashuvlar va metodlarni tushunish uchun amaliy topshiriqlar bajarilgan hamda fikr va tajriba almashinuvi bo’lib o’tgan.
🙌 Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!
Sizlarning qiziqishlaringiz va seminarda ishtirokingiz juda muhim! Bizni kuzating – oldinda yanada qiziq o’quv tadbirlar bo’ladi!