TIUE Universiteti Xalqaro ta’lim anjumanida: hamkorlikning yangi ufqlari!
🗓 Bugun Tashkent International University of Education rektori Khodjaev Nosir Nodirovich va prorektor Baydjanov Maksudbek Islomdjanovich taʼlim sohasida bilim va tajriba almashishga bagʻishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy maqsadi dolzarb muammolarni muhokama qilish va yangi yechimlarni topish, shuningdek, xalqaro hamkorlik uchun zamin yaratish edi.🤝
Anjumanda Niderlandiyaning Groningen universiteti professorlari, Shanxayning YUNESKO o‘qituvchilar malakasini oshirish markazi direktori o‘rinbosari, Singapur va Shanxay ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, mahalliy yetakchi va o‘qituvchilardan iborat 100 dan ortiq ekspertlar ishtirok etdi.
Ushbu tadbir ta’lim muhitini rivojlantirish va ta’lim kelajagiga hissa qo’shishga tayyor mutaxassislarni aniqlashda muhim qadam bo’ldi.📚