“Buxgalteriya hisobi va biznes” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat ta’lim dasturining o‘quv, uslubiy va ilmiy mazmuni buxgalteriya hisobi, moliyaviy nazorat va biznes jarayonlarini boshqarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan turli modullardan iborat.
TIUEning «Buxgalteriya hisobi va biznes» dasturi o‘z kelajagini tadbirkorlik, buxgalteriya hisobi va moliya sohasi bilan bog‘lashni istaganlar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu dastur bo‘yicha o‘qitishdan maqsad buxgalteriya hisobi va biznes sohasida nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, tadbirkorlik sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshirishda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha kompetensiyalarni egallashdan iborat.
Ta’lim tili: O‘ZBEK / RUS / ENGLISH
O‘qish kunlari:Kunduzgi ta’lim: dushanbadan shanbagacha
Sirtqi ta’lim: TIUEda har semestr oxirida 4 hafta.
O‘qishni tugatgandan so‘ng “Buxgalteriya hisobi va biznes” yo‘nalishi bo‘yicha Bakalavr diplomi beriladi (TIUE).
Bakalavr darajasini olish sharti: umumiy hajmi 480 kredit (Buyuk Britaniya Kredit tizimi) bo‘lgan 27-30 ta majburiy modular (fanlar)ni o’zlashtirish kerak.
O‘qish muddati:
Eslatma.
Barcha kreditlar Buyuk Britaniya ta’lim tizimida ro’yxatga olingan. O’qitish tiliga qarab, O’quv rejasida ozgina farqlar bo’lishi mumkin. Shu bilan birga, Universitet O‘quv rejasiga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
|
|
O‘qish davomiyligi (o‘quv yili) |
To’lov-kontrakt miqdori | |||
O‘ZBEK VA RUS TILIDAGI DASTURLAR | INGLIZ TILIDAGI DASTURLAR | |||||
Mahalliy talabalar uchun (ming so’m) |
Xorijlik talabalar uchun (USD) |
Mahalliy talabalar uchun (ming so‘m) |
Xorijlik talabalar uchun (USD) |
Buxgalteriya hisobi va biznes | Kunduzgi | 4 | 18 000 | 1 400 | 25 000 | 2 000 |
Sirtqi | 5 | 11 200 | 800 | X | X |
*) O‘zbekiston hududidagi chet ellik talabalar o‘qish uchun to‘lovni to‘lov kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha AQSh dollarida to‘laydilar. O‘zbekistondan tashqarida to‘lov AQSh dollarida, belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.
Kerakli hujjatlar:
Akademik talablar:
Ichki imtihonni muvaffaqiyatli yakunlash:
Matematika;
Ingliz tilini bilish yoki ingliz tili sertifikatini taqdim etish (IELTS 5.0 yoki undan yuqori yoki ekvivalenti)
TIUE dasturlari uchun barcha abituriyentlar FAQAT UNIVERSITET RASMIY VEB-SAYTI ( www.tiue.uz ) orqali ONLAYN ariza topshirishlari kerak.
Buxgalteriya hisobi va biznes dasturiga qo‘shiling va moliya va menejment olamiga eshiklarni oching! Hozirgi jamiyatda talab qilinadigan ko’nikmalarga ega bo’ling. Muvaffaqiyatli biznesning yetakchilari, tahlilchilari va yaratuvchilari qatoriga aylaning. Hoziroq murojaat qiling va buxgalteriya hisobi va tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyat sari sayohatingizni boshlang!