
Yoz qizg’in pallada, sog’lig’ingizga zarar yetkazmasdan issiqdan saqlanish uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling:
Ko’proq suv iching: Issiq havoda namlikni saqlab qolish muhimdir. Shu maqsadda TIUE universiteti siz doimo chanqog’ingizni qondirishingiz uchun kulerlar o’rnatdi.
Tabiiy matolardan tikilgan yengil kiyimlarni kiying.
Soyada dam oling.
Quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalaning.
Ratsioningizga ko’proq meva va sabzavotlarni kiriting.
Haddan tashqari jaziramada salomatligingiz va xavfsizligingiz haqida qayg’uring!