2024-yil 16-may kuni Tashkent International University of Education xalqaro universitetida “Matematika go‘zallikning eng yuksak namoyoni” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni olib borish uchun MISiS universiteti Olmaliq filiali “Matematika va tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Sergey Stanislavovich Sedov taklif etildi. Ko‘plab qiziqarli matematika misollari, jumladan, shaxmat taxtasidagi boshqotirmalar bilan qo’shilgan, matematika falsafasi elementlari hamda matematik masalalar tarixiga oid ilmiy ommabop ma’ruza yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Master-klass interaktiv shaklda bo’lib o’tdi. Talabalar o‘zlariga taklif etilgan matematik masalalarni yechishda faol ishtirok etdilar. Mahorat darsi qiziqarli va mazmunli o‘tdi.