Joriy yilning 30 noyabr kuni «Tashkent International University of Education» xalqaro universitetida Singapur ta’lim tizimiga bag’ishlangan seminar-trening bo’lib o’tdi.
Seminar-treningda «Pedagogika tarixi va nazariyasi» va «Ta’lim muassasalarining boshqaruvi» mutaxassisliklari magistrantlari ishtirok etishdi.
Shu bilan birga seminar-trening jarayonida, muhokama va amaliy vazifalarda universitet o’qituvchilari ham ishtirok etishdi.
Seminarning xususiyatlari shundan iboratki, Singapur ta’lim modelining o’ziga xosligi interfaol bahs-munozaralar asosisa ochib berilgan, zamonaviy yondashuvlar va metodlarni tushunish uchun amaliy topshiriqlar bajarilgan hamda fikr va tajriba almashinuvi bo’lib o’tgan.
Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!
Sizlarning qiziqishlaringiz va seminarda ishtirokingiz juda muhim! Bizni kuzating – oldinda yanada qiziq o’quv tadbirlar bo’ladi!