Tashkent International University of Educationda (TIUE) «Pedagogika» yo’nalishi birinchi kurs magistrantlari amaliy mashg’ulotlarda onlayn darslarni yozib olishni, to’g’ridan-to’g’ri efirlarni o’tkazishni, kamera bilan ishlashni va auditoriya oldida o’zini ishonchli tutishni o’rganmoqdalar.
Bu ularning professional rivojlanishining muhim bosqichi bo’lib, kelajakdagi pedagoglarga ishonchli, xarizmatik va zamonaviy ta’lim muhitining talablariga tayyor bo’lishga yordam beradi.📚