🏛 TIUE birinchi kurs talabalari uchun Davlat grantiga tanlov e’lon qiladi📢

🏛 TIUE birinchi kurs talabalari uchun Davlat grantiga tanlov e’lon qiladi📢

Hurmatli talabalar‼️

📚 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 10-oktabrdagi 375-sonli buyrug’iga asosan
✅ TIUE universitetiga 2024-2025 o’quv yilida kunduzgi ta’lim shaklining “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” yo‘nalishi BIRINCHI KURS talabalari uchun 10 ta Davlat granti o‘rni ajratildi.
✅Davlat granti sohibi oʻqish xarajatlari toʻliq Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.
✅Har bir guruh va ta’lim tili bo‘yicha talabalar ro‘yxati “Akademik boshqaruv ofisi” 109-xonada mavjud bo‘ladi.
Davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan va yuqoridagi shartlarga javob beradigan talabalar 2024-yil 16-oktabr soat 12:00 ga qadar 109-xonaga A.Djabbarovga yozma ravishda murojaat qilishlari kerak.

Muhim✅
Ishtirok etish uchun arizalar qat’iy belgilangan muddatda qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan keyin berilgan murojaatlar KO’RIB CHIQILMAYDI.

📞 Qo’shimcha savollaringiz mavjud boʻlsa, Talabalar bilan ishlash boʻlimi (109-xona)ga murojaat qilishingiz mumkin (tel: 55-512-20-20, email: ssd@tiue.uz).