📌 Hozirda yoshlarni kitob o’qishga jalb qilish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish

📌 Hozirda yoshlarni kitob o’qishga jalb qilish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish va ularni vatanparvarlik va mamlakatimiz kelajagi uchun g’amxo’rlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan «Ma`rifat ulashib» loyihasi amalga oshirilmoqda.🇺🇿

📆 Joriy yilning 19-dekabr kuni»Ma`rifat ulashib» loyihasi doirasida Tashkent International University of Educationda Abdulla Sher, Abdunabi Boyqo’ziyev va Fozil Jabborov kabi taniqli yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi.

Yoshlar qalbida adabiyotga bo’lgan muhabbatni uyg’otish va Vatanimizga sadoqat tuyg’usini yanada takomillashtirishning muhimligi ta’kidlandi. Samimiy va jonli suhbatlar qizg’in munozaralar bilan o’tib, talabalar sevimli mualliflarining she’rlaridan parchalarni o’qidilar.

O’z navbatida, tadbir mehmonlari yosh iste’dodlar ijodidan zavqlanishdi. ✨