Hurmatli abituriyentlar,
“Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti (keyingi o‘rinlarda – TIUE) 2024-2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish bilan bog‘liq ma’lumotlar haqida Sizni xabardor qiladi.
“Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi munosabati bilan «Tashkent International University of Education» xalqaro univestitetining “2024-2025-o‘quv yili uchun Qabul qoidalariga” quyidagi o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritildi:
O‘quv dasturining nomi |
Ta’lim shakli |
O‘qish davomiyligi |
Axborot texnologiyalari |
Kunduzgi Sirtqi |
4 yil 5 yil |
Biznes boshqaruvi |
Kunduzgi Sirtqi |
4 yil 5 yil |
Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish |
Kunduzgi |
4 yil |
O‘quv dasturining nomi |
Ta’lim shakli |
Toʻlov-kontrakt miqdori (bir o‘quv yili uchun) |
Axborot texnologiyalari |
Kunduzgi Sirtqi |
18 000 000 so‘m * 11 200 000 so‘m |
Biznes boshqaruvi |
Kunduzgi Sirtqi |
18 000 000 so‘m * 11 200 000 so‘m |
Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish |
Kunduzgi |
18 000 000 so‘m * |
*) 2024-2025-oʻquv yili kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga kirgan va 2024-yil 31-avgustgacha toʻlov-kontrakt miqdorini to‘liq toʻlagan abituriyentlarga shartnoma summasining 10 foiz miqdorida chegirma beriladi.
Ilgari shartnoma olgan abituriyentlardan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998 55 512 20 20 telefon raqamiga murojaat qilishlari so‘raladi.
2024-2025-o‘quv yili uchun qabul qoidalarining qolgan barcha bandlari o‘zgarishsiz qoladi.
Agar sizda biron bir savol bo‘lsa yoki qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, quyidagilar orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin:
Tel.: +998 55 512 20 20 Теlegram: +998 99 560 20 20
Elektron pochta: info@tiue.uz va rector@tiue.uz
Hurmat bilan,
“Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti