«TIUE menga nafaqat zamonaviy bilim, balki o’zimni har tomonlama rivojlantirish imkoniyatini ham berdi. O’qish davomida universitetda o’tkazilgan shaxmat turnirlarida bir necha bor chempion bo’lishga muvaffaq bo’ldim. Bu tajriba menda strategik fikrlash, sabr-toqat va tezkor qaror qabul qilish ko’nikmalarini yanada mustahkamladi. Universitetdagi sifatli ta’lim va qo’llab-quvvatlovchi muhit bugungi kasbiy faoliyatim uchun mustahkam poydevor bo’ldi. TIUE bitiruvchisi ekanligimdan faxrlanaman.»