
21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
1989-yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. O‘shandan buyon bu sana xalqimiz uchun milliy g‘urur va o‘zlikni anglash ramzi bo‘lib kelmoqda.
Ona tilimiz — ota-bobolarimizdan qolgan bebaho meros, millatimizning ruhi va kelajagimiz poydevoridir. Uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning burchimizdir.
Tashkent International University of Education (TIUE) jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Til bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi!
Til bayrami muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!
📞 +998 55 512 20 20 | +998 99 560 20 20
🌐 tiue.uz