
💻 HUAWEI ICT COMPETITION 2026–2027: XALQARO MAYDONDA O‘Z IMKONIYATINGIZNI NAMOYISH ETING!
Hurmatli TIUE talabalari!
Huawei kompaniyasi UNESCO Ta’limda axborot texnologiyalari instituti (UNESCO IITE) bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Huawei ICT Competition 2026–2027 xalqaro tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi.
Tanlov AKT sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalaringizni namoyish etish, innovatsion yechimlar ishlab chiqish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini beradi.
Tanlov ikkita asosiy yo‘nalishni qamrab oladi:
🔹 Practice Competition — Network, Cloud va Computing.
🔹 Innovation Competition — sun’iy intellekt va boshqa AKT texnologiyalari asosida innovatsion loyihalar ishlab chiqish.
📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddatlari:
• Practice Competition — 2026-yil 31-oktabrgacha.
• Innovation Competition — 2026-yil 31-dekabrgacha.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:
• Practice Competition
• Innovation Competition
📌 Tanlov haqida batafsil ma’lumot
O‘z bilim va g‘oyalaringizni xalqaro maydonda namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
#TIUE #HuaweiICTCompetition #DigitalSkills #ICT