18-fevral kuni Tashkent International University of Educationda

Bugun, 18-fevral kuni Tashkent International University of Educationda Yashnobod tumani hokimi kubogi uchun mini-futbol musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.🏆⚽️ Tuman maktablarining 11-sinf o’quvchilaridan tashkil topgan jamoalar ilk keskin o’yinlarni o’tkazib, jamoaviy ruhni namoyish etdilar.

Barcha ishtirokchilar, natijalardan qat’iy nazar, TIUEga “Besh tashabbus olimpiadasi” asosida imtihonsiz kirish imkonini beruvchi sertifikatlarga ega bo’lishdi.

Oldinda – hal qiluvchi o’yinlar va ta’lim olishga qimmatbaho grantlar uchun kurash kutmoqda!🙌