Talaba kabineti LMS E-LIBRARY Jadval

Tashkent International University of Educationda 2026-yil yanvar–mart oylarida Strategik rivojlanish rejasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirildi.

Hisobot davrida universitetning ta’lim faoliyatini rivojlantirish va ta’lim dasturlarini kengaytirish yo‘nalishida muhim ishlar amalga oshirildi. Xususan, yangi bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlarini litsenziyalash uchun zarur hujjatlar 2026-yil fevral oyida vakolatli tashkilotga taqdim etildi.

Talabalarning xalqaro miqyosda tan olinadigan kasbiy malaka va sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari davom ettirildi. Hisobot davrida qo‘shimcha 100 nafar talaba xalqaro va professional sertifikatlarga ega bo‘ldi. Shu tariqa dastlabki ikki monitoring davrida sertifikat olgan talabalar soni jami 140 nafarga yetdi.

Shuningdek, universitetning xalqaro ta’lim hamjamiyatidagi ishtirokini kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish va talabalar uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha ishlar olib borildi. Jumladan, OTHM Qualifications va INTI International University bilan hamkorlik doirasida ta’lim dasturlarini takomillashtirish hamda xalqaro tajribani o‘quv jarayoniga joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Universitetda raqamli boshqaruv tizimlarini takomillashtirish, bitiruvchilarning bandligini qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar ham davom ettirildi.

Mazkur ishlar TIUEning xalqaro ta’lim makonidagi ishtirokini kengaytirish va Strategik rivojlanish rejasida belgilangan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishishga xizmat qiladi.