Talaba kabineti LMS E-LIBRARY Jadval

Tashkent International University of Education (TIUE)da Universitetning 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan Strategik rivojlanish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2025-yil sentabr–dekabr oylarini qamrab olgan dastlabki monitoring ishlari amalga oshirildi.

Mazkur davrda universitet faoliyatini raqamlashtirish, talabalar uchun amaliy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, universitetda boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida ERP tizimi ishlab chiqilib, 2025-yil noyabr oyida ishga tushirildi.

Talabalarning zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish doirasida 3 nafar talaba «School 21» ta’lim dasturiga qabul qilindi. Shuningdek, 40 nafar talaba xalqaro va professional sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida ta’lim dasturlarini rivojlantirish, professional sertifikatlash imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ishlar olib borildi.

Monitoring natijalari strategik vazifalar ijrosini izchil davom ettirish, belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha natijadorlikni oshirish hamda amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligini muntazam baholab borish zarurligini ko‘rsatdi.

Universitet rahbariyati Strategik rivojlanish rejasida belgilangan maqsadlarga erishish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi.