Universitetda talabalar bilimi Oraliq nazorat (MIDTERM) va Yakuniy imtihon (MAIN EXAM) natijalarini qo‘shish orqali baholanadi.
Oraliq nazorat tasdiqlangan akademik taqvim asosida modulning davomiyligi va kreditlariga muvofiq o‘qituvchi tomonidan baholanadi.
Semestr yakunida (14-15-hafta) professor-o‘qituvchilar oraliq nazorat baholarining (MIDTERM) batafsil hisobotini Imtihonlarni tashkil etish bo‘limiga taqdim etadilar.
Har bir semestr yakunida (16–17-haftalarda) universitet tomonidan mazkur semestr davomida o‘qitilgan barcha modullar bo‘yicha Yakuniy imtihon sessiyalari tashkil etiladi.
Universitetning akademik talablariga muvofiq, talabaning keyingi kurs (bosqich)ga muvaffaqiyatli o‘tishi o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha modullar bo‘yicha belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishi, shuningdek, yakuniy nazorat (imtihon)lardan ijobiy natija olishi bilan belgilanadi.
Agar talaba birinchi urinishda (First Attempt) biror sababga ko‘ra modulni muvaffaqiyatli yakunlay olmasa, universitetning amaldagi akademik qoidalariga muvofiq unga mazkur modul bo‘yicha akademik qarzdorlikni bartaraf etish maqsadida ikkinchi bepul imkoniyat (1st Retake) taqdim etiladi.
Agar talaba ikkinchi urinish (1st Retake) davomida ham modulni muvaffaqiyatli topshira olmasa, unga yakuniy imkoniyat sifatida uchinchi urinish (2nd Retake) beriladi. Mazkur urinishda ishtirok etish uchun talaba universitet tomonidan tasdiqlangan amaldagi tariflarga muvofiq belgilangan to‘lovni oldindan amalga oshirishi shart.
Takroriy imtihonlarni baholashda oraliq nazorat (MIDTERM) bo‘yicha to‘plangan ballar hisobga olinmaydi.
Barcha imtihonlar va qayta topshirish jarayonlari universitetning tasdiqlangan akademik kalendari hamda ichki akademik nizomlariga muvofiq belgilangan muddatlarda tashkil etiladi. Talabalar imtihonlar jadvali, qayta topshirish sanalari va to‘lov miqdorlari bo‘yicha universitet tomonidan e’lon qilinadigan rasmiy xabarlarga amal qilishlari lozim.