Bakalavr dasturi

Buxgalteriya hisobi VA BIZNES

DASTURNING MALAKAVIY MAQSADLARI

“Buxgalteriya hisobi va biznes” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat ta’lim dasturining o‘quv, uslubiy va ilmiy mazmuni buxgalteriya hisobi, moliyaviy nazorat va biznes jarayonlarini boshqarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan turli modullardan iborat.

TIUEning «Buxgalteriya hisobi va biznes» dasturi o‘z kelajagini tadbirkorlik, buxgalteriya hisobi va moliya sohasi bilan bog‘lashni istaganlar uchun mo‘ljallangan.

Ushbu dastur bo‘yicha o‘qitishdan maqsad buxgalteriya hisobi va biznes sohasida nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, tadbirkorlik sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshirishda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha kompetensiyalarni egallashdan iborat.

Ta’lim tili:
O‘ZBEK / RUS / ENGLISH
O‘qish kunlari:Kunduzgi ta’lim: dushanbadan shanbagacha
Sirtqi ta’lim: TIUEda har semestr oxirida 4 hafta.
 
O
qishni tugatgandan song “Buxgalteriya hisobi va biznes” yonalishi boyicha Bakalavr diplomi beriladi (TIUE).

Bakalavr darajasini olish sharti: umumiy hajmi 480 kredit (Buyuk Britaniya Kredit tizimi) bo‘lgan 27-30 ta majburiy modular (fanlar)ni o’zlashtirish kerak.
 
O‘qish muddati:

  • kunduzgi ta’lim shakli 4 o‘quv yili (oktabrdan iyungacha). Mashg‘ulotlar kun davomida ma’ruza, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, master-klasslar va ishlab chiqarish amaliyoti tarzida olib boriladi.
     
  • sirtqi ta’lim shakli – 5 o‘quv yili (oktabrdan iyungacha). Sirtqi ta’lim dasturi semestr davomida onlayn darslar ko‘rinishidagi masofaviy ta’limdan, shuningdek, har bir semestr oxirida ikki haftalik kunduzgi mashg‘ulotlardan iborat.

USHBU DASTUR TANLANISH SABABLARI

1NAZARIY BILIMLAR VA AMALIY KO‘NIKMALAR

Ushbu dastur doirasida TIUE zamonaviy ta’lim talablarini inobatga olgan holda, samarali biznes boshqaruvi va buxgalteriya hisobi jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan biznes strategiyalarini ishlab chiqishda qo‘llaniladigan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga intiladi. Shuningdek, ushbu dastur biznes va buxgalteriya hisobi sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar hamda ushbu sohada yuqori malakali mutaxassis bo‘lishga intilayotganlar uchun mos keladi.

2KUCHLI O‘QITUVCHILAR JAMOASI

Mahalliy va xalqaro mutaxassislardan iborat bo‘lgan kuchli professor-o‘qituvchilar tarkibi amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar, sayohatlar, mahorat darslariga alohida e’tibor qaratishadi, bu esa o‘z navbatida ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari o‘rtasida jadal hamkorlikni va ta’lim sohasidagi amaliyotchi ekspertlar va mutaxassislarning beqiyos tajriba almashinuvini ta’minlaydi.

3TAN OLINGAN OLIY TA’LIM TO‘G‘RISIDA DIPLOM

Bitiruvchilar bakalavriat bosqichini tamomlagandan so‘ng tegishli kasbiy pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘ladilar va “Buxgalteriya hisobi va biznes” yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasiga muvofiq, litsenziyaga ega nodavlat oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan diplom (https://lex.uz/ru/docs/5013009, https://tiue.uz/ru, https://stat.edu.uz/Univer-list.php 8-bandi) O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat oliy ta’lim muassasalari diplomi bilan teng ravishda tan olinadi.

4KELAJAKDAGI KARYERA

Zamonaviy dunyoda tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish bozor iqtisodiyotining poydevori, demak, mamlakatning izchil rivojlanishidir. Bunda, buxgalteriya hisobotlari alohida o‘rin tutadi. Bundan tashqari, iqtisodiyot, moliya, transport, tibbiyot, ijtimoiy soha va boshqalar kabi murakkab muammolarni hal qilish uchun turli xil buxgalteriya hisobi va hisobot usullari qo‘llaniladi. Dastur bitiruvchilari ham davlat, ham nodavlat sektorlarida kasbiy faoliyat uchun zarur bilimlarga ega bo‘ladilar, shuningdek, tegishli magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi doirasida pedagogik faoliyatni amalga oshirishlari mumkin

Ishga joylashish mumkin bo‘lgan mutaxassisliklar:

– Buxgalter;

– Auditor;

– Moliyaviy menejer.

Jerson Lapidus,
BIZNES BOSHQARUVI kafedrasi o‘qituvchisi,
Direktor, Xalqaro fond dasturi
Ta’lim va innovatsiyalar magistri – Toshkentdagi Vebster universiteti, 2023 yil

TA'LIM DASTURI

1KURS

Akademik yozish va tadqiqot ko‘nikmalari, biznes va iqtisodiy muhit, moliyaviy hisob tamoyillari, matematika asoslari, biznes kontekstidagi miqdoriy usullar, yetakchilik va jamoalarni boshqarish, iqtisodiyot va buxgalteriya hisobiga kirish kabi modullarni o‘zlashtirish orqali fundamental bilimlarni egallash. Ushbu modullarni o‘rganish buxgalteriya hisobi, moliya va biznesni yanada chuqur o‘rganish uchun asos yaratadi.

2KURS

Biznes startap, boshqaruv hisobi, moliyaviy menejment, biznes strategiyasi tamoyillari va tushunchalari, moliya va buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, qarorlar qabul qilish kabi modullarni o‘rganish orqali nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish. Ushbu modullarni o‘zlashtirish keyingi kurslarda buxgalteriya hisobi va biznes fanlarini o‘rganish uchun asos bo‘ladi.

3KURS

Korporativ va biznes huquqini o‘rganish, biznes samaradorligini baholash, moliyaviy qimmatli qog‘ozlar bozori, moliyaviy rejalashtirish va nazorat, audit va kafolat kabi  olingan bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish. Ushbu kursda o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotidan o‘tish ham ko‘zda tutilgan.

4KURS

Investitsiyalar va risklarni boshqarish, inson resurslarini boshqarish va biznes tadqiqot loyihalarini chuqur o‘rganish bilan bilim va ko‘nikmalarni oshirish.  Shuningdek, ushbu kursda pedagogika va psixologiya fanlarini o‘rganish orqali pedagogik ko‘nikmalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, olingan nazariy bilimlarni amalga oshirish uchun malakaviy amaliyot ko‘zda tutilgan. Kurs bitiruv malakaviy ishini tayyorlash va himoya qilish yoki bitiruv imtihonlari bilan yakunlanadi.

O'QUV REJASI

kunduzgi ta'lim

1-KURS
1-SEMESTR
1) Akademik yozuv va tadqiqot ko’nikmalari (10-kredit)

2) Biznes va iqtisodiy muhit (10-kredit)
3) Moliyaviy hisob tamoyillari (20-kredit)
4) Matematika asoslari (20-kredit)
5) O’zbekistonning eng yangi tarixi (10-kredit)
2-SEMESTR
6) Biznes kontekstida miqdoriy usullar (20-kredit)

7) Yetakchilik va jamoalarni boshqarish (20-kredit)
8) Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobiga kirish (20-kredit)
9) Falsafa (10-kredit)

2-KURS
3-SEMESTR
1) Boshqaruv hisobi (20-kredit)

2) Moliyaviy boshqaruv (20-kredit)
3) Moliyaviy rejalashtirish va nazorat (20-kredit)
4) Biznes strategiyaning tamoyillari va tushunchalari (10-kredit)
4-SEMESTR
5) Moliya va buxgalteriya (20-kredit)

7) Moliyaviy hisobot (20-kredit)
8) Menejerlar uchun buxgalteriya hisobi va qarorlar qabul qilish (20-kredit)

3-KURS
5-SEMESTR
1) Korporativ va biznes huquqi (20-kredit)

2) Biznes samaradorligini o’lchash (20-kredit)
3) Qimmatli moliyaviy qog’ozlarning bozorlari (20-kredit)|
6-SEMESTR
4) Biznes start-up: bozorga chiqish konsepsiyasi (10-kredit)

5) Audit va kafolat (20-kredit)
6) Biznesda tadqiqot loyihasi (20-kredit)
7) O’quv va ishlab chiqarish amaliyoti (20-kredit)

4-KURS
7-SEMESTR
1) Sarmoya va xavflarni boshqarish (20-kredit)

2) Inson resurslari boshqaruvi (20-kredit)
3 Pedagogika va psixologiya (20-kredit)
8-SEMESTR
4) Malakaviy amaliyot (20-kredit)

5) Bitiruv malakaviy ish yoki bitiruv imtihoni (20-kredit)

sirtqi ta'lim

1-KURS
1-SEMESTR
1) Akademik yozuv va tadqiqot ko’nikmalari (10-kredit)

2) Biznes va iqtisodiy muhit (20-kredit)
3) O’zbekistonning eng yangi tarixi (10-kredit)
2-SEMESTR
4) Matematika asoslari (10-kredit)

5) Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobiga kirish (20-kredit)
6) Falsafa (10-kredit)

2-KURS
3-SEMESTR
1) Biznes kontekstida miqdoriy usullar (20-kredit)

2) Pedagogika va psixologiya (10-kredit)
3) Yetakchilik va jamoalarni boshqarish (10-kredit)
4-SEMESTR
4) Moliyaviy hisobot (20-kredit)

5) Moliyaviy hisob tamoyillari (20-kredit)
6) Moliyaviy rejalashtirish va nazorat (20-kredit)

3-KURS
5-SEMESTR
1) Inson resurslari boshqaruvi (20-kredit)

2) Boshqaruv hisobi (20-kredit)
3) Moliya va buxgalteriya (20-kredit)
6-SEMESTR
4) Moliyaviy boshqaruv (20-kredit)

5) Menejerlar uchun buxgalteriya hisobi va qarorlar qabul qilish (20-kredit)
6) Audit va kafolat (20-kredit)

4-KURS
7-SEMESTR
1) Biznes strategiyaning tamoyillari va tushunchalari (20-kredit)

2) Biznes samaradorligini o’lchash (20-kredit)
3) Qimmatli moliyaviy qog’ozlarning bozorlari (20-kredit)
8-SEMESTR
4) O’quv va ishlab chiqarish amaliyoti (10-kredit)

5) Korporativ va biznes huquqi (20-kredit)
6) Biznesda tadqiqot loyihasi (20-kredit)

5-KURS
9-SEMESTR
1) Biznes start-up: bozorga chiqish konsepsiyasi (20-kredit)

2) Sarmoya va xavflarni boshqarish (20-kredit)
10-SEMESTR
4) Malakaviy amaliyot (10-kredit)

5) Bitiruv malakaviy ishi yoki bitiruv imtihon (10-kredit)

Eslatma.
Barcha kreditlar Buyuk Britaniya ta’lim tizimida ro’yxatga olingan. O’qitish tiliga qarab, O’quv rejasida ozgina farqlar bo’lishi mumkin. Shu bilan birga, Universitet O‘quv rejasiga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.

PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TARKIBI Batafsil ma’lumot ›

PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TARKIBI Batafsil ma’lumot ›

Rasulev Dilmurod Mirza-Axmedovich,
BIZNES BOSHQARUVI kafedrasi professori (MSC)
Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2004 y.
 
 

Maxmudova Gulnora Mannapovna,
BIZNES BOSHQARUVI kafedrasi dotsenti
Iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD) – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Iqtisodiyot instituti, 1990 y.
 
 

Jerson Lapid,
BIZNES BOSHQARUVI kafedrasi o‘qituvchisi,
Xalqaro fond dasturi direktori
Ta’lim va innovatsiyalar bo‘yicha magistratura – Toshkentdagi Webster universiteti, 2023 yil
 

Yulduzxon Abdullaeva
BIZNES BOSHQARUVI kafedrasi o‘qituvchisi,
Biznes boshqaruvi magistri (MBA) – Sanderlend universiteti (Buyuk Britaniya), 2018 yil

TA'LIM TO'LOV

O'quv yili uchun

 

 


Dasturlar

 

 


Ta’lim shakli 

 

 

O‘qish davomiyligi (o‘quv yili)

To’lov-kontrakt miqdori
O‘ZBEK VA RUS TILIDAGI DASTURLAR INGLIZ TILIDAGI DASTURLAR
Mahalliy
talabalar uchun
(ming so’m)
Xorijlik talabalar uchun
(USD)
Mahalliy
talabalar uchun
(ming so‘m)
Xorijlik talabalar uchun
(USD)
Buxgalteriya hisobi va biznes Kunduzgi 4 18 000 000 1 400 25 000 000 2 000
Sirtqi 5 11 200 000 800 X X

*) O‘zbekiston hududidagi chet ellik talabalar o‘qish uchun to‘lovni to‘lov kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha AQSh dollarida to‘laydilar. O‘zbekistondan tashqarida to‘lov AQSh dollarida, belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.

QABUL TALABLARI

O'qishning birinchi yiliga qabul

Kerakli hujjatlar:

  • Umumiy o‘rta ta’lim maktabini (11-sinf) yoki litsey/kollejni tamomlaganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (transkript bilan)
  • Oq fonda 3×4 o’lchamdagi fotosurat

Akademik talablar:

Ichki imtihonni muvaffaqiyatli yakunlash:

Matematika;

Ingliz tilini bilish yoki ingliz tili sertifikatini taqdim etish (IELTS 5.0 yoki undan yuqori yoki ekvivalenti)

TIUE dasturlari uchun barcha abituriyentlar FAQAT UNIVERSITET RASMIY VEB-SAYTI ( www.tiue.uz ) orqali ONLAYN ariza topshirishlari kerak.

«Buxgalteriya hisobi va biznes» bakalavriati

Buxgalteriya allaqachon bir qolipdagi hisob-kitoblar bilan shug‘ullanadigan odatiy kasb doirasidan chiqib ketgan. Zamonaviy biznes nafaqat raqamlarni, balki jarayonlarni ham tushunadigan moslashuvchan analitiklarni ham talab qiladi. Aynan shuning uchun «Buxgalteriya hisobi va biznes» mutaxassisligi butun dunyoda dolzarb va talabgir bo‘lib qolmoqda. Toshkentda oliy buxgalterlik ma’lumotini olganingizdan so‘ng, siz iqtisodiyot va moliya sohasida nufuzli va barqaror martaba sari yo‘l ochasiz.

Toshkent shahrida buxgalteriya hisobi bo‘yicha bakalavriatga o‘qishga kirish

Bizning dasturimiz yuqori darajadagi nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni birlashtiradi, bu esa bitiruvchilarga moliyaviy va boshqaruv masalalarida ishonchli yo‘nalish olish imkonini beradi. Talabalar keng doiradagi turli fanlarni o‘rganadilar: buxgalteriya hisobi va audit asoslaridan tortib biznes-rejalashtirish va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarigacha. 

Shu bilan birga, o‘quv jarayoni zamonaviy bozor talablariga moslashtirilgan bo‘lib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Toshkentda buxgalteriyada kunduzgi shaklga o‘qishga kirish uchun bir nechta majburiy bosqichlarni bajarish lozim:

Kirish tartibi:

Kerakli hujjatlar – shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta).

Telegram-bot orqali ro‘yxatdan o‘tish: @Myedu_2020_bot

Bakalavriatga topshirish uchun kirish testidan o‘tish kerak – telegram-bot orqali onlayn yoki universitet kampusida oflayn tarzda.

Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga shartnoma onlayn tarzda telegram bot orqali yuboriladi.

Magistraturaga kirish uchun kirish suhbatidan o‘tish va tegishli yo‘nalishga hujjatlarni telegram-bot orqali topshirish kerak.

Onlayn tizim abituriyentlar uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonida qulaylikni ta’minlaydi, qabul kampaniyasining ochiqligini kafolatlaydi va abituriyentlarga qabulga tayyorgarlik rejasini oldindan tuzish imkonini beradi.

Ushbu bosqichlar tugagandan so‘ng abituriyent Toshkent shahridagi buxgalteriya hisobi fakultetiga rasman qabul qilinadi va kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishni boshlaydi.

Nima uchun buxgalteriya hisobi sohasida bakalavr darajasini olish kerak?

Universitetimizdagi ta’lim zamonaviy iqtisodiyot sharoitida o‘zini ishonchli his qiladigan malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Biz dolzarb o’quv kontent, tajribali o‘qituvchilar va xalqaro o‘qitish usullarini taklif etamiz. Bizning afzalliklarimiz:

  • Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim – real keyslar va hujjatlar bilan ishlashga e’tibor qaratish.
  • Fanlarning keng qamrovi – buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobning barcha asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi.
  • Kafedra va mentorlar yordami – talaba har doim o‘quv va karyera masalalari bo‘yicha maslahat olish uchun murojaat qilishi mumkin.
  • Amaliyot o‘tash imkoniyati – o‘qish davridayoq tijorat va davlat tashkilotlarida amaliyot o‘tash imkoniyatlari ochiladi.
  • Xalqaro istiqbollar – diplom xalqaro moliyaviy tuzilmalar va kompaniyalarga yo‘l ochadi.

Bizning universitetimizda ta’lim olish iqtisodiyotning har qanday sohasida dolzarb va yuqori haq to‘lanadigan kasbga erishish yo‘lidagi birinchi qadamdir. Sizni bakalavriatga o‘qishga kirishga va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va moliya sohasida yetakchilarni shakllantiruvchi universitetning bir qismi bo‘lishga taklif etamiz.

Buxgalteriya hisobi va biznes dasturiga qo‘shiling va moliya va menejment olamiga eshiklarni oching! Hozirgi jamiyatda talab qilinadigan ko’nikmalarga ega bo’ling. Muvaffaqiyatli biznesning yetakchilari, tahlilchilari va yaratuvchilari qatoriga aylaning. Hoziroq murojaat qiling va buxgalteriya hisobi va tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyat sari sayohatingizni boshlang!