Hurmatli talabalar!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 10-oktabrdagi 375-sonli buyrug’iga asosan
TIUE universitetiga 2024-2025 o’quv yilida kunduzgi ta’lim shaklining “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” yo‘nalishi BIRINCHI KURS talabalari uchun 10 ta Davlat granti o‘rni ajratildi.
Davlat granti sohibi oʻqish xarajatlari toʻliq Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.
Har bir guruh va ta’lim tili bo‘yicha talabalar ro‘yxati “Akademik boshqaruv ofisi” 109-xonada mavjud bo‘ladi.
Davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan va yuqoridagi shartlarga javob beradigan talabalar 2024-yil 16-oktabr soat 12:00 ga qadar 109-xonaga A.Djabbarovga yozma ravishda murojaat qilishlari kerak.
Muhim
Ishtirok etish uchun arizalar qat’iy belgilangan muddatda qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan keyin berilgan murojaatlar KO’RIB CHIQILMAYDI.
Qo’shimcha savollaringiz mavjud boʻlsa, Talabalar bilan ishlash boʻlimi (109-xona)ga murojaat qilishingiz mumkin (tel: 55-512-20-20, email: ssd@tiue.uz).