16-noyabr kuni Tashkent International University of Educationda QVZ ko‘rinishida talabalar kuni bo‘lib o‘tadi. Biz talabalarni 10 kishigacha bo‘lgan jamoalar tuzishga va o‘z iste’dodlarini namoyish etishga taklif qilamiz!
Tadbir dasturi uch bosqichdan iborat:
Jamoani tanishtirish – jamoangizni original tarzda taqdim etish uchun sizga 5 daqiqa vaqt beriladi.
Savol-javob – har bir javob uchun 30 soniyalik qisqa savollar, bu yerda tezlik va aql muhim.
Sahna ko‘rinishi (miniatyura) – jamoangizni eng yaxshi tomondan yoritib beradigan ijodiy chiqish uchun yana 5 daqiqa.
Eng yaxshi jamoalar universitetning sovg‘alariga ega bo‘lishadi! Qo‘shiling va universitetdagi talabalik hayotida ishtirok eting!
Ro‘yxatdan o‘tish uchun 109-xonaga murojaat qiling!
+998 55 512 2020