Hujjatlarni qabul qilish muddatlari
Hujjatlar 2026-yil 1-fevraldan 31-avgustgacha qabul qilinadi.
Imtihonlarni topshirish shartlari
Kirish imtihonlari bepul o‘tkaziladi
Yoshga oid talablar
Nomzod 2026-yil 31-dekabrga qadar 16 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak.
Bakalavriat, magistratura va INTERNATIONAL FOUNDATION PROGRAMME (IFP)
dasturlariga qabul talablari
O‘zbek va rus tillaridagi dasturlar
- Barcha abituriyentlar o‘rta maktab, o‘rta maxsus ta’lim muassasasi yoki akademik litsey bitiruvchisi bo‘lishi va belgilangan namunadagi hujjatni (o‘qish joyidan ma’lumotnoma) yoki diplomni (transkript) taqdim etishi shart.
Ingliz tilida o‘qitiladigan dasturlar
- Barcha abituriyentlar IFP dasturi, tan olingan 12 yillik o‘rta maxsus ta’lim muassasasi yoki boshqa ta’lim muassasasi bitiruvchisi bo‘lishi, yoxud boshqa oliy ta’lim muassasasida kamida bir yil muvaffaqiyatli tahsil olgan bo‘lishi va tegishli hujjatni (o‘qish joyidan ma’lumotnoma) yoki diplomni (transkript bilan) taqdim etishi kerak. Universitet zarurat tug‘ilganda abituriyentlardan ta’lim muassasasining akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etishni talab qilishi mumkin.
- Bakalavriat yoki magistratura bitiruvchilari oliy ma’lumotini tasdiqlovchi tegishli diplomni taqdim etishlari kerak.
Zarur hujjatlar
O‘zbek va rus tillarida o‘qitiladigan dasturla
- Bakalavriat dasturlari uchun — o‘rta yoki o‘rta-maxsus ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat (ilovasi bilan attestat / diplom)
- Magistratura dasturlari uchun — ilovasi bilan bakalavr yoki mutaxassis diplomi
- ID-karta nusxasi
Ingliz tilidagi dasturlar
- 12 yillik (9+3) ta’limni tasdiqlovchi hujjat (ilovasi bilan sertifikat/diplom) yoki International Foundation Programme (IFP) sertifikati yoxud mahalliy/xorijiy universitetning birinchi kursini tamomlaganlikni tasdiqlovchi hujjat
- Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS sertifikati — 5,5 yoki undan yuqori (IFP uchun — IELTS 5.0 yoki undan yuqori) yoki unga tenglashtirilgan sertifikat (hujjat topshirish sanasida amal qilishi lozim) *
- ID-karta nusxasi
Abituriyentda ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat mavjud bo‘lmagan taqdirda, unga TIUEning ingliz tili bo‘yicha ichki imtihonlarini topshirish imkoniyati taqdim etiladi.
Hujjatlarni topshirish bo‘yicha video yo‘riqnoma
Onlayn arizani to‘g‘ri to‘ldirish, kerakli hujjatlarni yuklash va keng tarqalgan xatolardan saqlanish haqida bilib oling.
Videoni ko‘rishAriza topshirish jarayoni
O‘qishga kirish uchun barcha abituriyentlar FAQAT UNIVERSITETNING RASMIY SAYTI ORQALI ONLAYN ARIZA TOPSHIRISHI SHART Shuningdek, abituriyent onlayn arizani universitetning o‘zida to‘ldirish imkoniyatiga ega.
Abituriyentlar o‘z shaxsiy ma’lumotlarini to‘g‘ri kiritishi va zarur elektron hujjatlarni universitet tizimiga yuklashi lozim. Ariza beruvchi taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligini tasdiqlaydi.
Onlayn ariza topshirilgandan so‘ng, nomzodlar keyingi bosqichlar bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud tasdiqlovchi xabarni oladilar.
Qabul shartlari va abituriyentlarni baholash mezonlari
- Kirish imtihonlari ta’lim tili va matematika fanlari bo‘yicha test yoki boshqa baholash topshiriqlaridan iborat.
- Onlayn ariza muvaffaqiyatli topshirilgandan so‘ng, abituriyentlar TIUE kirish imtihonini topshirishlari kerak.
- Agar abituriyent ingliz tili bo‘yicha bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lsa, u ingliz tilidan kirish imtihonini topshirishdan avtomatik ravishda ozod qilinadi.
- Imtihonlar topshirilgandan so‘ng 3 (uch) ish kuni ichida abituriyentga natijalar haqida xabar yuboriladi. TIUE talablariga javob beradigan abituriyentlar universitet qabul komissiyasidan o‘qish uchun ta’lim shartnomasini olishlari mumkin.
Kirish imtihonlarining sanasi, vaqti va o‘tkazilish joyi
Sana va vaqt
Kirish imtihonlari 2026-yilning 1-iyunidan 30-sentyabriga qadar o‘tkaziladi
- Dushanbadan Shanbagacha
- Soat 10.00 – 17.00 gacha
O‘tkazish joyi
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Tuzel-2 massivi, Imom Buxoriy ko‘chasi
Yo‘nalishni ko‘rsatishTa’lim dasturlari
International Foundation Programme
Buxgalteriya hisobi va moliya (MSc)
Ta’lim muassasalarinining boshqaruvi (MSc)
Pedagogika nazariyasi va tarixi (MSc)
Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish
Biznesni boshqarish
Kiberxavfsizlik
Axborot texnologiyalari
Ma’lumotlar tahlili (Data Science) (MSc)
Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz va rus tillari)
Ta’limni boshqarish va yetakchilik (MSc)
Buxgalteriya hisobi va biznes
Amaliy matematika
Dastur tanlashda yordam kerakmi?
Maslahat oling va aynan sizga qaysi ta’lim yo‘nalishi mos kelishini bilib oling