Dastur haqida
“Biznesni boshqarish” yo‘nalishi o‘quv dasturi bosqichma-bosqich tuzilgan modullar tizimini o‘z ichiga oladi. Dastlabki bosqichda talabalar matematika, iqtisodiyot asoslari, biznesga kirish, biznes muhiti va kompyuter texnologiyalarini o‘rganadilar. Bu bosqichda iqtisodiy jarayonlar mohiyati, boshqaruv tamoyillari hamda biznes faoliyatining umumiy tushunchalari shakllantiriladi.
Keyingi bosqichda dastur yanada chuqurlashib, menejment, marketing, inson resurslarini boshqarish, moliyaviy menejment, biznes strategiyasi, korporativ boshqaruv va iqtisodiy tahlil kabi professional yo‘nalishlarni qamrab oladi. Shuningdek, talabalar raqamli biznes tizimlari, loyiha boshqaruvi va biznesni rejalashtirish ko‘nikmalarini egallaydilar.
Yakuniy bosqich esa amaliyot, loyiha ishlari va bitiruv malakaviy ishidan iborat bo‘lib, talabalar o‘z bilimlarini real biznes jarayonlari va boshqaruv amaliyotida qo‘llash imkoniga ega bo‘ladilar.
UK-kreditlar asosida
O‘quv jarayonida qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz?
- Biznes boshqaruvi va iqtisodiy tahlil
- Strategik menejment
- Marketing va bozor tahlili
- Inson resurslarini boshqarish
- Loyihalarni boshqarish
- Raqamli biznes tizimlari
- Biznes startap va innovatsiyalar
Mutaxassis qanday vazifalarni hal qiladi?
- Korxona va tashkilotlarni boshqarish
- Strategik qarorlar qabul qilish
- Biznes jarayonlarini optimallashtirish
- Marketing strategiyalarini ishlab chiqish
- Xodimlar faoliyatini boshqarish
- Biznes samaradorligini oshirish
Karimova Maftuna Nurdinovna
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi mudiri
Iqtisod fanlari falsafa doktori (PhD) – Toshkent xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti, 2025-yil
Ushbu dasturni tanlash sabablari
Yuqori talab
Biznes menejerlar va boshqaruv mutaxassislari har bir sohada zarur
Kelajakdagi karyera
Bitiruvchilar kompaniyalar, banklar, startaplar va davlat sektorida ishlaydi
Xalqaro imkoniyatlar
Xalqaro boshqaruv, HR menejer va zamonaviy biznes standartlari asosida ishlash imkoniyati
Barqaror daromad
Menejment sohasi yuqori va barqaror daromad manbai hisoblanadi
Tan olingan diplom
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 31-moddasiga muvofiq, litsenziyaga ega nodavlat OTM diplomlari davlat diplomlari bilan teng tan olinadi
Keyingi qadamga
tayyormisiz?
Qabul qilish bo‘yicha maslahat oling va dasturda o‘qishning barcha shartlarini bilib oling
O‘quv dasturi
1 kurs
Ushbu bosqichdagi modullar talabalarda biznesni boshqarish, biznes aloqalarini boshqarish, biznes muhiti tushunchasi va global kontekstda tashkil etish usullari, biznes funktsiyalari tushunchasi, biznesni boshqarish sohasidagi fundamental ko‘nikmalar va bilimlarni, shu jumladan, inson resurslarini boshqarish, raqamli usullarni qo‘llash va biznesda tadqiqotlar, menejerlar uchun moliyani o‘rganish, akademik va tadqiqot qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
1 semestr
Akademik yozuv va tadqiqot ko‘nikmalari
10 kredit
O‘zbekistonning eng yangi tarixi
10 kredit
Korxonalarning xo‘jalik faoliyati
20 kredit
Matematika asoslari
20 kredit
2 semestr
Buxgalteriya hisobi va iqtisodiyotga kirish
20 kredit
Biznesning dunyo hamjamiyatidagi faoliyati
10 kredit
Sun’iy intellekt asoslari
10 kredit
Falsafa
10 kredit
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
20 kredit
2 kurs
O‘zlashtirilgan bilimlar va ko‘nikmalarni inson resurslari boshqaruvi, loyihalar boshqaruvi, biznes-menejment uchun buxgalteriya hisobi va marketing, startap-loyihalar, bozorga chiqish konsepsiyasi va biznes-etika asoslarini o‘rganish orqali kengaytirish. Ushbu sohalarda bilimlarning fundamentalligi ta’minlash uchun ehtimollar nazariyasi va matematik statistikani o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.
3 semestr
Yetakchilik va jamoalarni boshqarish
10 kredit
Inson resurslarini boshqarish
10 kredit
Loyihalar boshqaruvi
10 kredit
Marketingga kirish
10 kredit
4 semestr
Moliya va buxgalteriya hisobi
20 kredit
Biznesda muloqot
10 kredit
Boshqaruvchilar uchun marketing
10 kredit
Biznes etikasi
10 kredit
Tanishuv amaliyoti
10 kredit
3 kurs
Mavjud bilimlar, ko‘nikmalar va kompetensiyalarni inson resurslarining strategik boshqaruvi, jarayonlar va biznes-ma’lumotlarni boshqarish, ma’lumotlar tahlili, moliyaviy qarorlarni qabul qilish, yetakchilik ko‘nikmalarni rivojlantirish, raqamli marketing va elektron tijoratni chuqur o‘rganish asosida takomillashtirish. Ushbu darajada talabalar biznesni boshqarish bo‘yicha loyihani tayyorlashadi.
5 semestr
Boshqaruvchilar uchun buxgalteriya hisobi va qarorlar qabul qilish
20 kredit
Boshqaruvchilar uchun biznes-huquq
20 kredit
Jarayonlarni boshqarish
20 kredit
6 semestr
Inson resurslarini strategik boshqarish
20 kredit
Moliyaviy qarorlar qabul qilish
20 kredit
Bank ishi
10 kredit
O‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti
10 kredit
4 kurs
Mavjud bilimlar, ko‘nikmalar va kompetensiyalarni inson resurslarining strategik boshqaruvi, jarayonlar va biznes-ma’lumotlarni boshqarish, ma’lumotlar tahlili, moliyaviy qarorlarni qabul qilish, yetakchilik ko‘nikmalarni rivojlantirish, raqamli marketing va elektron tijoratni chuqur o‘rganish asosida takomillashtirish. Ushbu darajada talabalar biznesni boshqarish bo‘yicha loyihani tayyorlashadi.
7 semestr
Biznes-ma’lumotlarini boshqarish va tahlil qilish
20 kredit
Elektron kommunikatsiya va marketing
10 kredit
Biznes startap: bozorga chiqish konsepsiyasi
10 kredit
Barqaror biznes amaliyotlari
20 kredit
8 semestr
Biznes tadqiqot loyihasi
20 kredit
Malakaviy amaliyot
20 kredit
Bitiruv malakaviy ishi yoki bitiruv imtihonlari
20 kredit
Dastur bo‘yicha o‘qish narxi
18 000 000 UZS
so‘m/yil
O‘zbekiston hududida chet ellik talabalar ko‘rsatilgan to‘lovlarni to‘laydilar. O‘zbekistondan tashqarida to‘lov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan to‘lov kunida belgilangan kurs bo‘yicha AQSH dollarida amalga oshiriladi.
O‘qish uchun qanday to‘lash kerak
O‘qishning birinchi yiliga qabul qilish shartlari
O‘qishga kirish uchun barcha abituriyentlar FAQAT UNIVERSITETNING RASMIY SAYTI ORQALI ONLAYN ARIZA TOPSHIRISHI SHART.
Qabul qilinadi
- — Maktab, kollej va litsey bitiruvchilari. Nomzodlar 2026-yilning 31-dekabriga qadar 16 yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim.
- — Nomzodlar TIUE kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tishlari kerak.
Ariza topshirish uchun hujjatlar
- — Umumiy o‘rta ta’lim maktabini (11-sinf) tugatganlik to‘g‘risidagi attestat yoki litsey/kollej diplomi (ilovasi bilan)
- — ID-karta nusxasi
Qanday kirish mumkin
Rasmiy veb-sayt orqali ariza berish
Hujjatlarni taqdim eting
Kirish imtihonlarini topshiring
O‘qish uchun to‘lang va talaba bo‘ling
Dastur o‘qituvchilari
Karimova Maftuna Nurdinovna
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi mudiri
Iqtisod fanlari falsafa doktori (PhD) – Toshkent xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti, 2025-yil
Dr. Aajaz Ahmad Hajam
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti
“International Foundation Programme” dasturi direktori, inson resurslarini boshqarish fanlari nomzodi (PhD) - Hindiston, Tamil Nadu shtati, Annamalai universit eti
Sheraliyev Oybek Rixsillayevich
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti
Iqtisod fanlari doktori (DSc) – Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2023-yil
Nazarkulov Umid Rakhimjanovich
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti
Iqtisod fanlari doktori (DSc) – Xoxenxaym universiteti (Germaniya) 2021-yil
Ashurmetova Nigora Azatbekovna
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi professori
Iqtisod fanlari nomzodi darajasi (PhD) – Toshkent davlat agrar universiteti 2006-yil
Boyqo‘ziyeva Gulsanam Adxamovna
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti
Iqtisod fanlari falsafa doktori (PhD) – Andijon davlat universiteti 2025-yil
Xolbutayeva Shaxnoza Abduvaliyevna
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti
Iqtisod fanlari falsafa doktori (PhD) – Toshkent davlat transport universiteti 2024-yil
Abdullayeva Yulduzxon Saydullo qizi
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi
Biznes-boshqaruvi magistr darajasi – Sanderlend universiteti (Buyuk Britaniya) 2018-yil
Allamurodov Bekmurod Xolmurod o‘g‘li
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi o’qituvchisi
Jahon siyosati magistr darajasi - Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2016-yil
Sotiboldiyeva Dilrabo Shuxrat qizi
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi stajor-o’qituvchisi
Buxgalteriya hisobi va moliya magistr darajasi – Tashkent international university of education 2026 – yil
Dastur haqida eng ko‘p so‘raladigan savollar
Barcha savol-javoblarKirish imtihonlari qachon o‘tkaziladi?
Imtihonlar jadvali universitetning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Kirish imtihoni narxi qancha?
Odatda kirish imtihoni bepul, ammo rasmiy e’lonni tekshirish kerak.
TIUE’da ikkinchi mutaxassislikka topshirish mumkinmi?
Ha, qabul qoidalari va mavjud yo‘nalishlarga qarab mumkin.
Natijalar qachon e’lon qilinadi?
Natijalar imtihon jarayoni tugagach rasmiy saytda chiqadi.
Imtihonni qayta topshirish mumkinmi?
Qayta topshirish universitet siyosatiga bog‘liq.
Oldingi yillar savollari bormi?
Ha, tayyorgarlik uchun namunaviy yoki oldingi savollar berilishi mumkin.