LMS E-LIBRARY Jadval

Acta Education jurnali

«Acta Education» – xalqaro ilmiy jurnal bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2023-yil 30-avgustda ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (122187-son litsenziya). ISSN: 3030–3141.

Jurnal nashriyotchisi Toshkent xalqaro pedagogika universiteti hisoblanadi.

Jurnalning maqsadi va yo‘nalishlari

Pedagogika va ta’lim, aniq, texnik va tabiiy fanlar, shuningdek, turli fanlararo yo‘nalishlar bo‘yicha fundamental, nazariy va amaliy ilmiy tadqiqotlar natijalarini nashr etish

Nashr tillari

Jurnal va maqolalar o‘zbek, ingliz va rus tillarida chop etiladi.

Taqriz siyosati

Tahririyatga kelib tushgan barcha maqolalar plagiatga qarshi tekshiruvdan hamda tegishli soha mutaxassislari tomonidan ko‘r-ko‘rona taqrizdan o‘tkaziladi.

Ochiq foydalanish siyosati

Jurnal sonlari va maqolalari ochiq va bepul foydalanish uchun taqdim etiladi. Nashr qilingan jurnal sonlari "Arxiv" bo‘limida mavjud.

Nashr etilish davriyligi

Jurnal har uch oyda bir marta, yiliga to‘rt marta nashr etiladi. Tahririyat hay’ati qaroriga binoan jurnalning qo‘shimcha va maxsus sonlari ham chop etilishi mumkin.