TIUE Scholarships
Dastur haqida
TIUE Scholarships - bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘lib, kontrakt to‘loviga chegirma taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Цель программы
- Akademik jihatdan yuqori natijalarga erishgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash
- Faol va tashabbuskor talabalar muhitini rivojlantirish
- Ta’lim jarayoni sifatini oshirish
Shaffoflik va ochiqlik
Tanlov shaffof mezonlar asosida o‘tkaziladi. Tanlov natijalari universitetning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi.
Stipendiya turlari
Stipendiya
Ball
O‘quv chegirmasi
Premium
80—100
50%
Standard
75-79
30%
Progress
70-74
10%
Diqqat!
Stipendiya faqat kontrakt to‘loviga chegirma shaklida taqdim etiladi.
Chegirma bir semestr uchun belgilangan kontrakt to‘lovi summasiga nisbatan qo‘llaniladi.
Tanlov mezonlari va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Nomzodlar 100 ballik tizimda baholanadi.
90%
Akademik o‘zlashtirish
Talabaning o‘quv natijalari asosida hisoblangan o‘rtacha akademik reytingi
10%
Darsdan tashqari faolik
Loyihalar, tadbirlar, ko‘ngillilik faoliyati vaboshqa tashabbuslarda ishtirok etish.
70 ball
Ishtirok etish uchun minimal ball
Ishtirok etish shartlari
- Universitetning bakalavriat talabasi maqomiga ega bo’lishi;
- Kontrakt asosida tahsil olishi kerak.
- Akademik qarzdorlik bo‘lmasligi kerak.
- Universitetning ichki qoidalariga rioya qilish kerak.
Qo‘shimcha ustuvorliklar
Akademik natijalar teng bo‘lgan taqdirda quyidagi nomzodlarga ustuvorlik beriladi:
- Yetim talabalarga
- Nogironligi bo‘lgan talabalarga
- Ko‘p farzandli oilalardan bo‘lgan talabalarga
Ariza topshirish muddatlari
10-martgacha
2, 4, 6, 8-semestrlar uchun ariza
10-iyulgacha
3, 5, 7-semestrlar uchun ariza